![Top-10 transfer: Husanovning transferi eng qimmatlaridan biri boʻldi](/uploads/posts/2025-02/bf7b662b7c_gettyimages-2195980262-1536x1023.webp)
TNT Sports internet portali jahon futbolida qishki transferlar oynasining eng qimmat transferlari reytingini tuzib chiqdi.
Kuchli oʻnlikka kiritilgan transfer orasida eng qimmati “An-Nasr”ning xaridi boʻldi. Krishtianu Ronaldu oʻynayotgan jamoa 77 million yevroga iste'dodli hujumchi Jon Duranni olib keldi.
E'tiborli jihati shundaki, yanvar oyida transferlarga eng koʻp xarajat (212 million yevro) qilgan klub “Manchester Siti” boʻldi. Bu jamoaning toʻrtta transferi “top-10”ga kiritildi.
2025 yilning eng qimmat transferlar oʻnligi quyidagicha koʻrinish oldi:
Jon Duran — “An-Nasr”ga oʻtdi, € 77 mln.
Umar Marmush — “Manchester Siti”ga oʻtdi, € 75 mln.
Xvicha Kvarasxeliya — PSJga oʻtdi, € 70 mln.
Niko Gonsales — “Manchester Siti”ga oʻtdi, € 60 mln.
Xavi Simons — “RB Leyptsig” oʻtdi, € 50 mln.
Galeno — “Al-Ahli”ga oʻtdi, € 50 mln.
Abduqodir Husanov — “Manchester Siti”ga oʻtdi, € 40 mln.
Viktor Reys — “Manchester Siti”ga oʻtdi, € 37 mln.
Luis Enrike — “Zenit”ga oʻtdi, € 33 mln.
Santyago Ximenes — “Milan”ga oʻtdi, € 32 mln. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar