Qozogʻistonda Abduqodir Husanovdan kuchli futbolchi topildi

Qozogʻiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi vazifasini bajaruvchi Ali Aliyev "Qayrat" klubining 16 yoshli tarbiyalanuvchisi Dastan Satpayevning Londonning "Chelsi" klubiga oʻtishi haqida fikr bildirdi.
Unga koʻra, Dastan oʻzining jismoniy imkoniyatlari va genetikasi bilan Yevropa standartlariga mos keladigan atlet boʻlib, toʻgʻri yondashuv bilan undan yuqori darajadagi futbolchi yetishtirish mumkin. Aliyevning ta'kidlashicha, Dastan Qozogʻiston fuqaroligiga ega boʻlgani uchun hozircha xalqaro maydonda yetarlicha e'tibor qozonmagan, ammo kelajakda u "Real Madrid"ning turk futbolchisi Arda Gyuler va braziliyalik Endrik kabi oʻyinchilar bilan raqobatlasha oladi.
Ma'lumot uchun, Dastan Satpayev "Chelsi"ga 4,3 million yevro evaziga oʻtdi va bu Qozogʻiston futboli tarixidagi eng qimmat transfer boʻldi.

Izohlar 0
…