
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola Chempionlar ligasidan oʻrin olgan "Real Madrid"ga qarshi oʻyin oldidan oʻz fikrlarini bildirdi. Ispaniyalik mutaxassis "qirollik klubi" hujumchilarini qanday toʻxtatmoqchi ekanini aytib oʻtdi.
"Real" futbolchilarini ikkala oʻyinda ham toʻliq nazorat qilishning iloji yoʻq. Ularning hammasi juda kuchli oʻyinchilar. Ularni toʻxtatishni va erkin harakatlanishlariga yoʻl qoʻymaslikni bilishimiz lozim. Biz oʻyinni oʻqiy olishimiz va qanday oʻynash kerakligini aniq tushunishimiz kerak", — dedi Gvardiola matbuot anjumanida.
Eslatib oʻtamiz, ushbu pley-off bosqichidan oʻrin olgan uchrashuv Toshkent vaqti bilan 12 fevral kuni soat 01:00da start oladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar