09:02 / 12.02.2025
2 801

Anchelotti Gvardiolaga qanday “dars” berganini aytib berdi

Anchelotti Gvardiolaga qanday “dars” berganini aytib berdi
Italiyalik mutaxassis Karlo Anchelotti Evropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining dastlabki uchrashuvida Xosep Gvardiola jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etdi.

Bellashuvdan keyin “Real” ustozi shogirdlari qanday qilib, kuchli raqib ustidan zafar quchganini aytib berdi.

- Men xotirjamman va shu bilan birga oʻyindan ham, natijadan ham toʻliq qoniqdim. Biz bu bosqichdagi ikki uchrashuvdan birinchisini juda yaxshi oʻtkazdik va kichik boʻlsa-da, ustunlikka ega boʻldik. Endi bizni javob oʻyini kutib turibdi.

Oʻyin juda yaxshi oʻtdi. Bu har tomonlama mukammal oʻyin boʻldi: yaxshi himoyalandik, barcha oʻyinchilar mehnat qildi, hujum chizigʻida samarali harakat qildik, koʻp vaziyat yaratdik. Shogirdlarim taslim boʻlgani yoʻq.

Gʻalabaga loyiq oʻyin boʻldi. Chunki juda xavfli hujumlar uyushtirdik, hujumdagi toʻrtligimiz samarali oʻynadi. Xavfli vaziyatlar mahorat va harakatchanlik evaziga yaratildi, muvaffaqiyatimiz bundan-da ziyoda boʻlishi mumkin edi, - dedi Karlo Anchelotti.

“Real” va “Manchester Siti” oʻrtasidagi javob oʻyini 19 fevral kuni boʻlib oʻtadi. Boʻlajak bellashuvda madridliklarni durang natija ham keyingi bosqichga olib chiqadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport