20:05 / 12.02.2025
57

OʻFA prezidenti lavozimiga kimning nomzodi ilgari surilmoqda?

OʻFA prezidenti lavozimiga kimning nomzodi ilgari surilmoqda?
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi ustaviga muvofiq, 22 fevral kuni OʻFA prezidentligiga saylov boʻlib oʻtadi. Bu haqda OʻFA xabar berdi.

20 yanvar kuni OʻFA tomonidan oʻz a'zolariga ushbu lavozimga nomzodlar boʻyicha oʻz takliflarini yuborishlarini soʻrab murojaat qilingan. OʻFA rasmiy elektron pochtasiga kelib tushgan nomzodlar toʻgʻrisidagi ma'lumotlar OʻFA Saylov qoʻmitasi tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Ustavi va Saylov kodeksiga muvofiq tekshirilib, OʻFA Ustavining 30-moddasiga asosan, Kongressdan 30 kun oldin OʻFA Kotibiyatiga taqdim etildi.

OʻFA Ustavining 33-moddasiga koʻra, OʻFA a'zolari navbatdan tashqari saylov Kongressining oʻtkazilish joyi va kun tartibi toʻgʻrisida Kongress oʻtkazilishidan kamida 10 kun oldin xabardor qilinishi lozim. Shu munosabat bilan, Kongressning oʻtkazilish joyi va kun tartibi 12 fevral kuni barcha a'zolarga etkazilishi belgilangan.

Shuningdek, OʻFA Saylov kodeksining 11-moddasida nomzodlarning rasmiy roʻyxati toʻgʻrisidagi ma'lumotlar matbuotda ham e'lon qilinishi zarurligi keltirilgan boʻlib, OʻFA a'zolari tomonidan Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi prezidenti lavozimiga Bahodir Qurbonov nomzodi ilgari surildi.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi navbatdan tashqari saylov Kongressi 2025 yilning 22 fevral kuni OʻFA binosida boʻlib oʻtishi ma'lum qilinadi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport