![Oʻzbekistonning jahon chempionatiga chiqish imkoniyati qanday baholandi?](/uploads/posts/2025-02/dbe5e47d88_i.webp)
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi oʻz tarixida ilk bor futbol olamining eng nufuzli musobaqasi – jahon chempionatiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyatga ega boʻlib turibdi.
AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan bu galgi mundial saralash turnirining uchinchi bosqichida hamyurtlarimiz ikkinchi oʻrinni egallab turibdi. Qoidaga koʻra, bu bosqichda oltita mamlakat terma jamoasi orasida dastlabki ikki oʻrinni egallaganlari toʻgʻridan toʻgʻri jahon chempionati yoʻllanmasini qoʻlga kiritadi.
SSKA futbolchisi Abbosbek Fayzullayev mamlakatimiz bosh jamoasining jahon chempionatiga chiqish imkoniyatiga baho berdi.
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasida jahon chempionatiga chiqish uchun juda yaxshi imkoniyat bor. Saralashning hal qiluvchi bosqichida toʻrtta oʻyin qoldi: ikkitasi safarda, ikkitasi uyda.
Jamoa uyushqoq, barcha yigitlar yaxshi. Tarkibda yoshlar va tajribali oʻyinchilar uygʻunligi bor. Bu jamoaga yanada koʻproq kuch bagʻishlaydi, chunki tajribasi katta boʻlgan oʻyinchilar biz yoshlarga har doim maslahat va yordam berib keladi. Bu biz uchun juda katta plyus.
Biz yoshlar kattalardan koʻp narsa oʻrganamiz. Abduqodir Husanov “Manchester Siti”da, men SSKAda oʻynayotgan boʻlsak-da, kattalardan oʻrganadiganlarimiz bor. Chunki yosh ekanmiz koʻp narsani bilib borishimiz kerak.
Jahon chempionatiga yoʻllanma olib, xalqimiz orzusini roʻyobga chiqarish nasib qilsin, - dedi Abbosbek Fayzullayev.
Darhaqiqat, Oʻzbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati mintaqaviy saralash turnirining uchinchi bosqichida birinchi guruhda beshta mamlakat terma jamoalari bilan kuch sinashmoqda.
Hozircha, hamyurtlarimiz KXDRni ikki marotaba bir xil 1:0, Qirgʻizistonni 3:2, Birlashgan Arab Amirliklarini 1:0 hisobida magʻlub etib, Eron bilan Toshkentda golsiz durang oʻynadi, faqat bir bor safarda Qatarga 2:3 hisobida yutqazdi. Jami 13 ochko jamgʻargan futbolchilarimiz guruhda ikkinchi oʻrinda bormoqda.
Endi Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yangi bosh murabbiy Timur Kapadze qoʻl ostida yana toʻrtta uchrashuvda ishtirok etishi lozim.
Xususan, hamyurtlarimiz qolgan bellashuvlardan birinchisini 20 mart kuni Toshkentda Qirgʻiziston terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi va besh kundan keyin Tehronda guruh peshqadami Eron mehmoni boʻladi.
Oxirgi ikki uchrashuv iyun oyiga belgilangan. Unda 5 iyun kuni terma jamoamiz Birlashgan Arab Amirliklarida oʻynaydi. Saralash turnirining bu bosqichini 10 iyun kuni poytaxtimizda Qatarga qarshi oʻyin bilan yakunlaydi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
![arenda kvartira tashkent](/uploads/d5fb3f5cdf_bisyor_banner_1000x100.webp)
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar