
Xabaringiz bor, Angliya Premer-ligasining 25-turi doirasida "Manchester Siti" "Nyukasl Yunayted"ni 4:0 hisobida magʻlubiyatga uchratdi. Mazkur uchrashuvda hamyurtimiz Abduqodir Husanov toʻliq harakat qildi.
Milliy terma jamoamiz a'zosi Husanovning ushbu bellashuvda qayd etgan statistikasi bilan tanishing.
20 yoshli himoyachimiz ushbu oʻyin davomida 76 marta toʻpga teginishga muvaffaq boʻlib, 68 ta uzatma berdi. Ularning 63 tasi jamoadoshlariga aniq etib bordi (93 %). Bundan tashqari, iqtidorli himoyachi oʻyin davomida 7 bora uzoq masofaga uzatmani amalga oshirib, 2 tasi aniq etib bordi.
Abduqodir maydondagi 3 ta kurashlardan bittasida gʻalaba qozonishga ham muvaffaq boʻldi. Shunday boʻlsa ham, ikkinchi qavatdagi kurashlarda 2 holatda raqiblaridan toʻpni olib qoʻydi. Shu bilan birga, Husanov toʻqnashuv davomida 2 bora qoidani buzishga ham ulgurdi. Uning ushbu harakatlarini "Sofascore" portali 7.0 ballga loyiq koʻrdi.
Ma'lumot oʻrnida, Gvardiola boshchiligidagi "shaharliklar" navbatdagi uchrashuvini 19 fevral kuni Ispaniyaning "Real Madrid" klubiga qarshi oʻtkazadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar