17:52 / 16.02.2025
283

Lazarevich "Qizilqum"ga qaytishi, selektsiya va Antaliya yigʻini haqida nimalar dedi?

Lazarevich "Qizilqum"ga qaytishi, selektsiya va Antaliya yigʻini haqida nimalar dedi?
“Qizilqum” jamoasi ham Antaliyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinlarini olib boryapti. Rejaga muvofiq oʻrtoqlik uchrashuvlarida qatnashishyapti. Kecha navoiyliklar Gruziyaning “Samgurali” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvida qatnashishdi va unda hisob ochilmadi. Uchrashuvdan soʻng “Qizilqum” bosh murabbiyi Nikola Lazarevichni suhbatga tortdik.

- Uchrashuv durang bilan yakunlandi. Qoniqdingizmi?
- Koʻrib turibsiz, deyarli yangi jamoa tuzilgan. Oʻtgan yilgidan sanoqli oʻyinchilar qolgan. Selektsiya ishlari yil boshidan boshlangan. Biz oʻyindan-oʻyinga, mashgʻulotdan-mashgʻulotga oʻsib bormoqdamiz. Bu juda muhim sanaladi. Futbolchilar tez fursatda bir-birlarini tushunib borishmoqda.

Umumiy olsak, birinchi oʻyinda Ukraina jamoasi bilan yaxshi oʻyin koʻrsatdik. Bu safargi uchrashuvda birinchi boʻlimdan qoniqdim. Ikkinchi boʻlim borasida ba'zi birlariga savolim bor. Oʻyinni koʻramiz, tahlil qilamiz. Chempionat boshlanguncha xatolarni kamaytirishga harakat qilib boramiz.

- Siz uch yil oldin ham “Qizilqum”ni boshqargansiz. Rosti, qaytishingizni kutmagandik. Bu qanday sodir boʻldi?
- Oddiy jamoalardan koʻplab chaqiruvlar boʻldi. Lekin bu jamoa bilan ham yaxshi aloqalar saqlanib qolingan edi. Jamoa murabbiysiz qolgandi. Men ham ishlashga tayyor edim. Taklif bilan chiqishdi va mamnuniyat bilan qabul qildim. Rahbariyat ham meni qaytganimdan xursand boʻlishdi.

- Yangi mavsumda “Qizilqum”ni maqsadi qanday?
- Chempionlik uchun kurashamiz (kuladi).

- Bunga ishonchingiz komilmi?
- Maqsad yaxshi jamoa tashkil qilish. Asosiy tarkibni koʻrdingiz, koʻplab oʻyinchilarni qoʻshdik. 5-6-oʻrinlarda yursak, bu yaxshi natija boʻladi va shunga harakat qilamiz.

- Selektsiyadan qoniqdingizmi? Tarkibga yana yangi futbolchilar qoʻshiladimi?
- Bu borada biroz kechroq harakatni boshladik. Yuqori maqsadni qoʻygan jamoalar mavsum tugashi bilan tarkibga kerakli oʻyinchilarni jalb qilishni boshlashgan. Biz bu ishlarni yil boshidan boshladik. Bu jarayon juda qiyin boʻldi. Shunday boʻlsa-da, yaxshi oʻyinchilarni taklif qildik. Asosan Oʻzbekistonda oʻynayotgan legionerlarni tanladik. Umuman, yangi jamoa tashkil etdik. Tezroq bu oʻyinchilarni biz xohlagan uslubga moslashtirib, yaxshi jamoa tuzish. Buni endi chempionat davomida guvohi boʻlamiz.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport