23:28 / 16.02.2025
112

Farhod Nishonov: "Jiddiy oʻyinlar hali oldimizda"

Farhod Nishonov: "Jiddiy oʻyinlar hali oldimizda"
Oʻzbekiston U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Farhod Nishonov Indoneziyaga qarshi oʻtgan bahsdan soʻng fikr bildirib oʻtdi.

"Bugungi gʻalabadan xursandman. Buning uchun yigitlarga rahmat aytaman, lekin jiddiy oʻyinlar hali oldimizda. Bugungi oʻyinning natijasini unutib, keyingi bahslarga tayyorgarlik olib borishimiz kerak. Muhimi — oʻzimiz uchun ochkolarni qoʻlga kiritdik, endi bor e'tiborimizni navbatdagi oʻyinlarga qaratamiz", -dedi Farhod Nishonov.

Shuningdek, musobaqada ikkinchi golini kiritgan jamoa sardori Muhammadali Oʻrinboyev ham oʻyindan soʻng fiklarini bildirdi.

"Oʻyin deyarli bizni rejamiz asosida oʻtdi, desak boʻladi. Gol kiritganimizdan soʻng raqibda ham imkoniyat boʻldi. Lekin tanaffus payti jamoamiz bilan bu oʻyinda yutishimiz kerakligini gaplashdik va bor imkoniyatimizni ishga soldik. Keyingi bosqichga chiqqanimizdan xursandmiz, biroq guruhdagi oxirgi oʻyinda ham gʻalaba uchun maydonga tushamiz", -dedi Oʻrinboyev.

Ma'lumot uchun, yoshlarimiz guruhdagi soʻnggi uchrashuvni 19 fevral kuni Eronga qarshi oʻtkazsa, chorak final uchrashuvlari 22, 23 fevral kunlari boʻlib oʻtadi.

Manba: OʻFA matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport