
Foto: OʻFA
Shenchjenda U-20 Osiyo Kubogi 2-turidan oʻrin olgan bahslar oʻtkazildi. Unda “C” guruhi doirasida Oʻzbekiston terma jamoasi Indoneziyaga qarshi maydonga chiqdi.
Uchrashuvning 21-daqiqasida Muhammadali Oʻrinboyev hisobni ochgan boʻlsa oradan 2 daqiqa oʻtib Raven muvozanatni tikladi.
Ikkinchi boʻlim avvalida esa Abdugʻofur Haydarov hisobni oshirdi. 63-daqiqaga kelib Saidumarxon Saidnurullayev oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Yakuniy natija – 1:3.
1-turda Oʻzbekiston Yamanni minimal hisobda magʻlub etgan edi.
Oʻzbekiston chorak finalda “D” guruhida etakchilik qilayotgan Yaponiya yoki Janubiy Koreya yoshlari bilan oʻynashi mumkin. Ushbu guruhda ikki terma jamoa 1-turdan soʻng 3 ochkoga ega boʻlib turibdi. Guruhda Suriya va Tailand yoshlari ham kurash olib bormoqda.
Gollar: 0:1 – 21, Oʻrinboyev (Hamidov), 1:1 – 23, Raven (Ola), 1:2 – 47, Haydarov (Tuxsonov), 1:3 – 63, Saidnurullayev (Oʻrinboyev).
Indoneziya U-20: 3.Al Gʻaffori, 4.Arel, 5.Buffon (17.Hidayat, 57), 6.Florasta (8.Varman, 80), 9.Raven, 13.Sheva, 15.Ola (20.Rahmon, 87), 16.Pamungkas, 18.Firmansyah, 19.Ragil (7.Abdulmannon, 56), 21.Gvijangge (11.Pahlavi, 87).
Oʻzbekiston U-20: 12.Muhammadyusuf Sobirov, 2.Saidxon Hamidov, 5.Azizbek Toʻlqinbekov (4.Gʻiyos Rizoqulov, 76), 6.Ravshan Xayrullayev, 7.Daler Tuxsanov (11.Murod Komilov, 75), 9.Saidumarxon Saidnurullayev, 10.Muhammadali Oʻrinboyev (19. Rustambek Fomin, 67), 13.Behruz Jumatov, 20.Dilshod Abdullayev, 22.Asilbek Jumayev (17.Ollobergan Karimov, 85), 23.Abdugʻofur Haydarov (16.Muhammadali Reimov, 85).
Zaxira: 1.Murkayev, 3.Zohidov, 8.Saidov, 14.Qurbonov, 15.Mirzayev, 18.Ahmadjonov, 21.Murodboyev.
Ogohlantirish: Gʻiyos Rizoqulov (90+3).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar