13:18 / 17.02.2025
4 361

Shomurodov faol harakat qilgan bahsda "Roma" gʻalaba qozondi (video)

Shomurodov faol harakat qilgan bahsda "Roma" gʻalaba qozondi (video)
A Seriyaning 25-turidan oʻrin olgan "Parma" - "Roma" oʻyini boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvning 33-daqiqasida Sule jarima zarbasidan yagona golni urdi. Undan sal oldinroq esa Shomurodov argentinalik vingerga ajoyib pas bergandi va Leoni fol ishlatib, qizil kartochka olgandi. Eldor ushbu bahsda asosiy tarkibda maydonga tushib, toʻliq harakat qildi.

"Parma" – "Roma" 0:1
Gol
: 0:1 – 33 Soule.
Parma – Sudzuki, Valeri, Leoni, Volyakko (Kamara, 66), Del Prato, Zom, Bernabe (Ondreyka, 77), Keyta (Almkvist, 46), Kancheleri (Levik, 66), Bonni, Man (Balog, 35).
Roma – Svilar, Ndika, Manchini (Nelsson, 46), Chelik, Salax-Eddin (Anxelino, 78), Kone (Pellegrini, 46), Paredes, Gurna-Duat (Pizilli, 81), Salemakers (Baldantsi, 65), Shomurodov, Soule.
Ogohlantirishlar: Soule (34), Pellegrini (55), Gurna-Duat (63), Balog (82), Almkvist (85).
Chetlatish: Leoni (31).

3 ochkoni qoʻlga kiritgan rimliklar turnir jadvalida 9-oʻrinda bormoqda.

Quyida ushbu oʻyin videosharhini tomosha qilishingiz mumkin:


arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport