
Elit Chempionlar ligasining 8-turidan oʻrin olgan "Paxtakor" - "Al-Sadd" bahsi yakuniga etdi. Mazkur uchrashuvda mezbonlar 2:1 hisobida raqiblardan ustun keldi.
Bellashuvning eng yaxshi futbolchisi Brayan Riaskos oʻyindagi taassurotlari haqida gapirdi.
- Murabbiy aytganidek, chiroyli futbol namoyish qildik. Mashgʻulotlarda ishladik va bu samarasini berdi. Ikkita toʻp kiritganimdan xursandman. Jamoadoshlarimga rahmat aytaman va gʻalaba bilan tabriklayman. Muxlislarni koʻproq xursand qilishga intilamiz.
Imkon qadar koʻproq gol bilan jamoaga yordam berishga harakat qilaman. Nechta gol urishimni hozir ayta olmayman. Bor kuchimni jamoa manfaati uchun sarflayman.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar