date
views 6 805

Gvardiola “Real” ustidan gʻalaba qozonish imkoniyati haqida nimalar dedi?

Gvardiola “Real” ustidan gʻalaba qozonish imkoniyati haqida nimalar dedi?
Foto: Icon Sport
Manchester Siti” bosh murabbiyi Xosep Gvardiola jamoasining Chempionlar Ligasi 1/8 final bosqichiga chiqish imkoniyati juda kam ekanini aytdi.

“Agar mendan 'Bernabeuda' gʻalaba qozonish ehtimoli qanday, deb soʻrasangiz, hozirgi vaziyatni inobatga olgan holda, faqat bir foiz deya olaman. Lekin imkoniyat bor ekan, biz harakat qilamiz, bu aniq”, deya ispaniyalik murabbiyning soʻzlarini keltiradi The Independent nashriga.

Ma'lumot uchun, ushbu jamoalar oʻrtasidagi dastlabki uchrashuv “Real” foydasiga hal boʻlgandi. “Manchester Siti” ikki bor hisobda oldinga chiqib oldi, ammo yakunda qoʻshib berilgan daqiqalarda Bellingem tomonidan urilgan gol sabab magʻlubiyatga uchradi.

Javob oʻyini ertaga, 19 fevral kuni boʻlib oʻtadi. “Manchester Siti” keyingi bosqichga chiqish uchun kamida ikki gol farqi bilan gʻalaba qozonishi kerak. Agar ingliz jamoasi bir gol farqi bilan yutsa, oʻyin qoʻshimcha boʻlimlarga oʻtadi.

Ma'lumot uchun, “Manchester Siti” “qirollik klubi” bilan bahsdan soʻng APL 25-tur doirasida uchrashuvda qatnashdi. “Nyukasl” bilan boʻlgan uy uchrashuvida “shaharliklar” yirik hisobda (4:0) gʻalaba qozondi. “Real” klubi esa “Osasuna” bilan durang ( 1:1) oʻynadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Gvardiola “Real” ustidan gʻalaba qozonish imkoniyati haqida nimalar dedi?