
Oʻz davrida “Manchester Yunayted” yulduzi boʻlgan va keyinchalik bosh murabbiy sifatida “Navbahor”da ishlagan Andrey Kanchelskis Abduqodir Husanovning “Manchester Siti”ga transferi haqida fikr bildirdi.
- Husanovning “Manchester Siti”ga oʻtishi Oʻzbekiston futboli uchun juda katta voqea boʻldi. Men Oʻzbekistonda sport direktori emas, bosh murabbiy boʻlib ishlaganman.
Oʻshanda men bu mamlakatda iste'dodli yoshlar juda koʻpligini koʻrgan edim. Biroq xuddi Rossiyada boʻlgani kabi ularda ham talantlar kamayib boryapti.
Hali Oʻzbekistonda talantlar bor. Eng muhimi, ularni topib, toʻgʻri yoʻlda rivojlantirishdir, - dedi Andrey Kanchelskis. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar