
"Qizilqum" bosh murabbiyi Nikola Lazarevich kecha KXDR terma jamoasiga qarshi kechgan uchrashuvdan soʻng oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.
- Biz Antaliyadagi yigʻin doirasida eng yaxshi jamoaga qarshi oʻynadik. Raqib shakllangan va murakkab taktikaga ega ekanligi koʻrinib turibdi. Biz ham bu oʻyinga yaxshi tayyorgarlik olib borgan edik. Yana bir jihatni inobatga olish kerak, Shimoliy Koreyaliklar bu erda anchadan beri oʻquv yigʻin mashgʻulotlarini olib bormoqda.
- Raqibga qarshi qanday taktik ishlanmalarni maqsad qilgan edingiz?
- Bugun raqiblarga qarshi taktik ishlanmalarni koʻrib chiqqan edik, ular bizga qarshi yanada hujumkorlik bilan toʻp tepdi. Futbolchilar esa jismonan juda baquvvatligi aniq edi. Rejaga koʻra, biz futbolchilarimizning jismonan qancha vaqtga chidamliligini koʻrib olishni maqsad qilgan edik. Toʻgʻri bizda koʻplab golga tortadigan vaziyatlar boʻldi, lekin raqib jamoa oʻyin davomida toʻpga egalik qildi va bizning birgina xatoyimiz evaziga darvozamizni ishgʻol etdi.
Nazorat uchrashuvlari orqali yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayapmiz, bugungi oʻyin orqali ayrim kamchiliklarimizni koʻrib, bilib oldik. Ularni bartaraf etishda davom etamiz. Yana qaytaraman bugun yigʻin davomidagi eng jiddiy raqib bilan kuch sinashdik va bu bahsdan oʻzimiz uchun muhim xulosalarni chiqarib oldik.

Eslatib oʻtamiz, Navoiy jamoasi KXDR terma jamoasi (0:1)ga minimal hisobda magʻlub boʻldi. Oʻyindagi yagona golni Song Xye Kim 60-daqiqada kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar