
"Real Madrid" yarim himoyachisi Jud Bellingem jamoa do‘sti Rodrigo haqida iliq fikr bildirdi. Braziliyalik futbolchi "Manchester Siti"ga qarshi o‘yinda (3:1) assist qayd etib, jamoasiga g‘alaba qozonishga yordam berdi.
"Rodrigo, ehtimol, bizning jamoamizdagi eng iqtidorli va iste’dodli futbolchi. U to‘p bilan bajarayotgan ayrim harakatlarini ko‘rib, o‘zimga savol beraman: 'Qanday qilib?' Agar men shunday harakat qilishga urinib ko‘rsam, tovonimni shikast qilgan bo‘lardim", – dedi Bellingem Madrid Zone nashriga bergan intervyusida.
"Real Madrid" ikki o‘yin natijasiga ko‘ra (6:3) Chempionlar ligasi 1/8 finaliga yo‘l oldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar