Abduqodir Husanov Chempionlar ligasida tarixiy natijaga erishdi

Abduqodir Husanov Chempionlar ligasida tarixiy natijaga erishdi
Oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov «Santyago Bernabeu»da «Real»ga qarshi Yevropa Chempionlar ligasi pley-off bosqichining javob oʻyinida «shaharliklar» safida maydonga tushdi, deb Opta xabar berdi.

Manbaga koʻra, 20 yoshu 356 kunlik yoshda boʻlgan Husanov Chempionlar ligasining pley-off bosqichida «Real»ga qarshi safar oʻyinida debyut qilgan ikkinchi eng yosh futbolchiga aylandi.

Rekord esa Kaan Ayxanga tegishli boʻlib, u 2014 yilning mart oyida 19 yosh 128 kunligida «Shalke 04» tarkibida «Real»ga qarshi maydonga tushgan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar