
Yangi mavsumga tayyorgarlikni davom ettirayotgan Qarshining "Nasaf" klubi navbatdagi oʻrtoqlik uchrashuvini oʻtkazdi.
Antaliya shahridagi 8-oʻrtoqlik uchrashuvida "ajdarlar" Moldovaning "Balti" klubiga qarshi maydonga tushishdi. Qiziqarli oʻtgan bahsda raqib zafar quchdi. Dastlab hisobni ochgan "Nasaf", tanaffusgacha ikkita toʻp oʻtkazib yubordi.
E'tiborlisi, birinchi boʻlim oxirida Javohir Sidiqovning oʻn bir metrlik nuqtadan yoʻllagan zarbasidan keyin raqib darvozaboni toʻpni qaytarishga muvaffaq boʻldi.
Ta'kidlab oʻtamiz, "Balti" jamoasi oʻtgan mavsum Moldova Superligasida 5-oʻrinni egallagan.
Xalqaro oʻrtoqlik oʻyini
"Nasaf" 1:2 "Balti" (Moldova)
Gollar: Sharof Muhitdinov 1:0 (5'), Obekop 1:1 (38'), Martins 1:2 (41' pen)
Gol urilmagan penalti: Javohir Sidiqov 45'
"Nasaf": 35.Abduvohid Ne'matov, 5.Gʻolib Gʻaybullayev, 6.Murodbek Rahmatov, 8.Zafarmurod Abdirahmatov, 9.Javohir Sidiqov, 14.Sharof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 30.Suhrob Nurulloyev, 33.Bahodir Halilov, 79.Azizjon Ahrorov, 99.Rubin Hebay.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Oleksandr Vorobey, Husayn Norchayev, Oybek Bozorov, Akmal Mozgovoy, Sardor Bahromov, Diyorbek Asomiddinov, Davronebk Usmonov, Dilshod Murtazayev.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar