16:37 / 22.02.2025
7 026

Bu futbolchi kelsa, Husanovning jamoasi boshqa magʻlub boʻlmaydi

Bu futbolchi kelsa, Husanovning jamoasi boshqa magʻlub boʻlmaydi

Manchester Siti” kelasi mavsum oldidan jamoa tarkibini yangilashni maqsad qilgan. Mavsumning birinchi yarmidagi inqirozdan keyin klub rahbariyati yoshi oʻtib qolayotgan futbolchilarning javobini berib, ularning oʻrnini yosh iste'dod egalari bilan toʻldirishni boshladi.

Xususan, yanvarda Abduqodir Husanov, Umar Marmush, Vitor Reys va Niko Gonsales transferlari ana shu maqsadda amalga oshirildi.

Klubni tark etishi kutilayotgan yulduzlardan biri Kevin de Bryuyne hisoblanadi. Belgiyalik pleymeykerning oʻyinidagi pasayish, jarohatlarga moyil boʻlib qolgani, tiklanish jarayoni sekin kechayotgani murabbiylar shtabini qoniqtirmayapti.

“Shaharliklar” 30 iyun kuni shartnomasi tugaydigan Kevin de Bryuynega munosib oʻrinbosar qidirmoqda. Bir necha futbolchilarning nomzodi koʻrib chiqilmoqda.

Biroq Daily Mail nashri bu pozitsiyaga eng zoʻr nomzod “Bayer” hujumkor futbolchisi Florian Virs ekanini ta'kidlamoqda. Manchesterliklar nemis futbolchisi oʻzining oʻyin sifati va xususiyatlari bilan Kevin de Bryuynening oʻrnini toʻliq bosishga tayyorligiga ishonyapti.

“Shaharliklar” 21 yoshli Virsni 85 million funtga baholamoqda. “Manchester Siti” bu pleymeykerni olish uchun “Bavariya”, “Barselona” va “Real” kabi grandlar bilan raqobatlashishiga toʻgʻri keladi. Bundan tashqari, “Bayer” ham oʻz etakchisi bilan shartnomani uzaytirishga urinmoqda.

Florian Virs joriy mavsumda 35 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasiga 15 ta gol urdi va jamoadoshlariga 11 ta golli pas uzatdi. Uning Leverkuzen klubi bilan shartnomasi 2027 yilning yozigacha davom etishi belgilangan.

Transfermarkt portalida iste'dodli oʻyinchining transfer summasi 140 million yevro qilib belgilangan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport