18:19 / 22.02.2025
717

Everton birinchi taymda Manchester Yunaytedni taslim qildi

Everton birinchi taymda Manchester Yunaytedni taslim qildi

Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida Everton va Manchester Yunayted jamoalari o‘rtasidagi o‘yinning birinchi bo‘limi yakunlandi. Everton birinchi taymda ustunlik qildi va 2:0 hisobida oldinga chiqdi.

Norbert Bersike Gomes Betunka 19-daqiqada hisobni ochdi, 33-daqiqada esa Abdullay Dukuru hisobni 2:0 ga yetkazdi.

Statistikaga ko‘ra, Manchester Yunayted to‘pga egalik qilishda (60%) ustun bo‘lsa-da, darvozaga atigi 1 ta zarba yo‘lladi va u ham nishonga bormadi. Everton esa 4 ta zarba yo‘llab, ularning barchasini aniq amalga oshirdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport