
Angliya Premyer-ligasining navbatdagi turida Arsenal o‘z maydonida West Ham United jamoasiga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuvdagi yagona golni Jarrod Bouen 44-daqiqada kiritdi.
O‘yin statistikasi Arsenalning ustunligini ko‘rsatadi – mezbonlar to‘pga 68% egalik qilgan va 20 ta zarba yo‘llagan. Ammo ulardan atigi 2 tasi darvoza tomon yo‘llangan. West Ham esa atigi 5 ta zarba berib, 2 tasini nishonga yo‘lladi.
O‘yinning muhim voqealaridan biri Arsenal futbolchisi Maylz Luis-Skelli 73-daqiqada qizil kartochka olgani bo‘ldi. Bu esa jamoaning imkoniyatlarini yanada chekladi.
Ushbu mag‘lubiyatdan so‘ng Arsenal 53 ochko bilan 2-o‘rinda qoldi, Liverpool esa 61 ochko bilan peshqadamlikni saqlab turibdi. West Ham esa 30 ochko to‘plab, turnir jadvalida 16-o‘rinni egalladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar