20:00 / 23.02.2025
226

“Real” – yigʻloqi va bahonachi jamoa!

“Real” – yigʻloqi va bahonachi jamoa!
La Liga prezidenti Xaver Tebas “Real” Ispaniya chempionatidagi hakamlik borasida juda koʻp shikoyat qilishini inobatga olib, bu jamoani keskin tanqid qildi.

- Oʻtgan haftalar davomida hakamlik bilan bogʻliq koʻp bahsli vaziyatlar yuzaga keldi. Madridning “Real” klubi va ularning televideniyesi bu mavzularga alohida toʻxtalib, yolgʻon tasavvurni shakllantirmoqda va bu orqali butun futbolni shubha ostida qoldiryapti.

Alida barcha klublar ham hakamlikdan shikoyat qilishi mumkin, lekin “Qirollik klubi” bu masalaga ortiqcha e'tibor qaratadi.

Men yigʻloqi klubga aylanib qolgan “Real”ning bu xatti-harakatlarini yoqlamaydigan juda koʻp madridliklarni bilaman. Ishoning, “Real” oldindagi uchrashuvlardan keyin ham, hatto kelasi haftalardagi oʻyinlardan keyin ham yigʻlashda va atrofdagilarni oʻzlariga nisbatan fitnada ayblashda davom etaveradi, - dedi Xaver Tebas.

Yaqinda “Real” rahbariyati tomonidan Ispaniya chempionatida oʻzlariga nisbatan noxolis hakamlik boʻlayotgani tufayli jamoa boshqa ligaga oʻtib ketishi mumkinligi haqida ma'lumotlar chiqarilgandi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport