
Italiya A Seriyasining 26-turida “Roma” o‘z maydonida “Monza”ni 4:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. Ushbu uchrashuvda o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov o‘zini yaxshi tomonlama ko‘rsatdi va futbolchilarning reytingida 8.1 ball bilan yuqori natijalardan birini qayd etdi.
Uchrashuvning dastlabki goli aynan uning ishtirokida yuzaga keldi. 10-daqiqada Shomurodov Aleksis Salemakersga aniq uzatma berib, jamoadoshining gol urishiga yordam berdi. Oradan 22 daqiqa o‘tib, 32-daqiqada esa o‘zi gol urib, hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. Ushbu golda unga assistni Soul berdi.
Eldor Shomurodov 70-daqiqada almashtirilib, o‘rniga Leandro Paredes tushdi. Shunga qaramay, u maydonda bo‘lgan vaqtida jamoasining hujumlarini samarali tashkil etib, raqib mudofaasiga doimiy bosim o‘tkazdi.
O‘yin natijalari va eng yaxshi futbolchi:
Uchrashuvda Bryan Cristante (9.1 ball) reyting bilan "Eng yaxshi futbolchi" deb topildi. “Roma” tarkibida yana Soul (8.6) va Shomurodov (8.1) yuqori natijalarni qayd etdi. “Monza”ning eng yaxshi futbolchisi esa A. Brosson (7.0) bo‘ldi.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar