
Angliya chempionatidagi eng kuchli jamoalardan biri sanalgan "Manchester Siti" yozgi transferlar oynasida tarkibni jiddiy ravishda yangilashni rejalashtirmoqda. Jamoa rahbariyatining maqsadi – yosh, raqobatbardosh va muvaffaqiyatga tashna futbolchilardan iborat yangi jamoa shakllantirish.
Ketadigan futbolchilar roʻyxati ma'lum
Sky Sports nashrining xabar berishicha, "Siti" etti nafar yulduz futbolchi bilan xayrlashishga qaror qilgan. Ular quyidagilar:
- Ederson – asosiy darvozabon,
- Jon Stouns – himoya markazidagi tajribali oʻyinchi,
- Mateo Kovachich – tajribali yarim himoyachi,
- Ilkay Gyundogʻan – jamoaning sobiq sardori va tayanch nuqtalaridan biri,
- Bernardu Silva – oʻng qanot hujumkor yarim himoyachisi,
- Jek Grilish – jamoaning ijodkor hujumchisi,
- Kevin de Bryoyne – jamoaning "miyasi", assistlar ustasi.
Nima uchun "Siti" yulduzlardan voz kechmoqda?
"Shaharliklar" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bu futbolchilarni avvalgi sport formasiga qayta olmasligini ta'kidlagan. Uning fikriga koʻra, jamoa yanada kuchli raqobatbardoshlikni saqlab qolish uchun yosh va gʻayratli futbolchilarni jalb qilishi lozim.
Yangi oʻyinchilar kimlar boʻladi?
Qishki transferlar oynasida Abduqodir Husanov, Umar Marmush, Vitor Reys va Niko Gonsales jamoaga kelib qoʻshildi. Bu futbolchilar "Siti"da yangi davr boshlanganining ilk belgisi boʻldi. Yozda esa klubning yangi transfer strategiyasi davom ettirilishi kutilmoqda.
Klub skautlari bir nechta yosh yulduzlarga qiziqish bildirmoqda, jumladan, "Yuventus" himoyachisi Andrea Kambyazo va "Torino" yarim himoyachisi Samuele Richchi bilan muzokaralar olib borilmoqda. Shuningdek, "Bayer" etakchisi Florian Virts ham kuzatuvda.
"Manchester Siti" katta oʻzgarishlar arafasida. Jamoa kelajak uchun yangi loyiha ustida ish olib boryapti va yozdagi transferlar Pep Gvardiola uchun muhim sinov boʻladi. Qaysi futbolchilar "Siti"ga qoʻshilishi hali aniq emas, ammo jamoa yangi davrga tayyorlanmoqda.
Siz bu oʻzgarishlar haqida qanday fikrdasiz? "Manchester Siti" bugungi oʻzgarishlar bilan yanada kuchliroq jamoaga aylana oladimi? “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar