12:12 / 28.02.2025
543

Joze Mourinoga og‘ir jazo tayinlandi!

Joze Mourinoga og‘ir jazo tayinlandi!
Foto: The Independent
“Fenerbahche” bosh murabbiyi Joze Mourino Turkiya Superligasining 25-turidan o‘rin olgan “Galatasaroy” bilan bahsdan (0:0) keyin bildirgan fikrlari uchun to‘rt o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqida Sky TG24 nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 62 yoshli portugaliyalik mutaxassis ikki o‘yinlik diskvalifikatsiyani irqchilikka oid bayonoti uchun, yana ikki o‘yinlik jazoni uchrashuvdagi to‘rtinchi hakamni haqorat qilgani uchun olgan.

Natijada Mourino “Fenerbahche”ning Turkiya Superligasi doirasidagi to‘rtta — “Antalyaspor”, “Samsunspor”, “Bodrum” va “Trabzonspor”ga qarshi bahslarni o‘tkazib yuboradi.

Turkiya futbol federatsiyasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Mourino hakamlarni haqorat qilgani uchun 117,000 lira, raqib jamoa a’zolariga nisbatan bildirgan bayonoti uchun 1,500,000 lira jarimaga tortilgan.

Eslatib o‘tamiz, “Galatasaroy” bilan bahs yakunlanganidan so‘ng, Mourino raqib jamoa zahiradagi futbolchilari va murabbiylar shtabi o‘zini “maymunlardek tutganini” ta’kidlagan edi.

Bu gaplar “Galatasaroy” tomonidan irqchilik sifatida qabul qilindi va klub rasmiy bayonotida quyidagicha fikr bildirildi: “Mourinoning Turkiya xalqiga qarshi bildirgan fikrlari insoniylikdan yiroq”.

“Fenerbahche” ushbu bayonotlar kontekstdan yulib olinganini ta’kidlab, Mourinoni to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda. Shu bilan birga, Mourinoning o‘zi “Galatasaroy” klubini tuhmat uchun sudga berishi mumkinligi aytilmoqda.

Ma’lumot uchun, Mourinoning olgan jazosi faqat Turkiya Superligasiga tegishli bo‘lib, u “Fenerbahche”ning Yevropa Ligasi doirasidagi “Reynjers”ga qarshi muhim uchrashuvda jamoani boshqara oladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport