12:25 / 02.03.2025
6 645

SSKA bosh murabbiyi kechagi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?

SSKA bosh murabbiyi kechagi uchrashuvdan so‘ng nimalar dedi?
SSKA bosh murabbiyi Marko Nikolich «Zenit»ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Bugun o‘yin uchun yaxshi sharoitlar bor edi, stadionda muxlislar ko‘p edi. Natijadan qoniqmadim. Albatta, ayni damda biz Rossiya chempionatidagi eng yosh jamoamiz. Biz bundan g‘ururlanamiz va bu yo‘ldan – yoshlarimizga ishonishda, ularni rivojlantirishda davom etamiz.

Aytish mumkinki, o‘yin boshidan tashqari qolgan vaqtda biz yaxshi o‘ynadik. O‘yin nazorati bizda edi. Afsuski, gol urishimiz kerak bo‘lgan vaziyatlardan foydalana olmadik.

Shuningdek, zahiradan tushganlardan unchalik mamnun emasman. Ular rejalashtirilganidek harakat qilishmadi. Shunga qaramay bizda keyin ham bir nechta yaxshi imkoniyatlar bo‘ldi. Umuman olganda hayotga real ko‘z bilan qarasak, chempionat yetakchisining uyidan bir ochko bilan qaytmoqdamiz. Bu juda ham yomon natija emas. Endi bor e’tiborimizni «Ximki»ga qarshi uy uchrashuvmizga qaratamiz», — dedi moskvaliklar ustozi.

Manba: @pfccskamoscow

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport