date
views 14 946

“Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan “Al-Hilol”da jiddiy yo‘qotish!

“Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan “Al-Hilol”da jiddiy yo‘qotish!
Foto: Arab News
Osiyo Chempionlar Ligasining nimchorak finali doirasida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubi 4 mart kuni "Paxtakor" bilan hal qiluvchi uchrashuv o‘tkazadi. Biroq riyodliklar ushbu muhim o‘yin oldidan jiddiy yo‘qotishga uchradi.

Klubning portugaliyalik yulduzi, himoyachi Joao Kanselu “Al-Ahli”ga qarshi bahsning 60-daqiqasida mushaklaridagi og‘riq sababli maydonni tark etgan edi. Shifokorlar uning 10 kundan 6 haftagacha safdan chiqishini ma’lum qilishdi. Bu esa tajribali himoyachining “Paxtakor”ga qarshi muhim uchrashuvda ishtirok eta olmasligini anglatadi.

"Paxtakor" uchun katta imkoniyat!

Kanselu – hozirda “Al-Hilol”ning eng muhim futbolchilaridan biri bo‘lib, u himoyadagi ishonchli harakatlari va hujumga qo‘shilishi bilan ajralib turadi. Uni yo‘qotish riyodliklar uchun jiddiy zarba bo‘lishi mumkin.

Toshkentning "Paxtakor" klubi uchun esa bu qo‘shimcha imkoniyat yaratishi mumkin. Kanselu yo‘qligi “Al-Hilol”ning himoya chizig‘ida muammolar keltirib chiqarishi ehtimoldan xoli emas. Shunday ekan, Pedro Moreyra shogirdlari Saudiya grandidan sensatsiyali g‘alaba qozonish uchun yaxshi imkoniyatga ega.

Ochiq to‘qnashuv kutilmoqda

"Paxtakor" va "Al-Hilol" o‘rtasidagi uchrashuv 4 mart kuni soat 21:00 da boshlanadi. Osiyoning ikki yirik klubi o‘rtasidagi bu bahsda Toshkent jamoasi tarixiy yutuq qayd etishi va yarim finalga yo‘l olishi mumkin.

Futbol muxlislari uchun bu juda kutilgan bahs. "Paxtakor"ga omad tilaymiz va 4 mart kuni barcha muxlislardan jamoamizni qo‘llab-quvvatlashni so‘rab qolamiz!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Paxtakor”ga qarshi bahs oldidan “Al-Hilol”da jiddiy yo‘qotish!