13:23 / 02.03.2025
5 808

Angliyada kun o‘yini: Abduqodir Husanovga dam berildi

Angliyada kun o‘yini: Abduqodir Husanovga dam berildi
Shanba oqshomida Angliya futbolida bo‘lib o‘tgan asosiy o‘yindagi vaziyatlar va gollar bilan ushbu maqola orqali tanishishingiz mumkin..

«Manchester Siti» – «Plimut» – 3:1
Gollar
: Niko O'Rayli 45+1, 76, De Bryuyne 90 – Maksim Taloverov 38.
Manchester Siti: Ortega, Ake (Ruben Diash, 46), Reys, O'Rayli, Lyuis, Gundo‘g‘an, Grilish, de Bryuyne, Makati (Holand, 59), Bernardu Silva, Foden (Niko Gonsales, 83)
Plimut: Xazard, Ogbeta (Puxach, 71), Sorinola (Syuch, 80), Plegesuelo, Katich, Taloverov, Mumba (Xayal, 64), Jabi (Xauton, 64), Boateng, Rayt, Bundu (Baydu, 64).

Chempionshipda qolish uchun kurashayotgan «Plimut» hayron qoldirishda davom etdi. Angliya Kubogining oldingi bosqichida «Liverpul»ni chiqarib yuborgan anderdog jamoa beshinchi raundning birinchi o‘yinida «Siti» darvozasiga birinchi bo‘lib gol urgan va Gvardiolani asosiy tarkib futbolchilari, jumladan Husanovni o‘yinga tashlash orqali o‘yinni qutqarib qolgandi (2:1).

Kataloniyalik mutaxassis muhim o‘yinlar oldidan bu safar ham Husanovga dam berdi va bu safar ham «Plimut» hisobni ochdi. Yevro-2024 chempionatida Ukraina jamoasi safida ishtirok etgan Maksim Taloverov burchak zarbasidan keyin to‘pni darvoza to‘riga yo‘lladi.

Lekin tanaffus arafasida 19 yoshli O'Rayli hisobni tenglashtirdi, ikkinchi bo‘limda esa g‘alaba golini urdi. O‘yin oxirida esa De Breyne raqibni uzil-kesil taslim qildi. Endi «Siti» chorakfinalda va Angliya Kubogi — muvaffaqiyatsiz mavsumni kubok bilan yakunlash uchun eng yaxshi imkon.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport