
"Manchester Siti"ning eng yetakchi futbolchilaridan biri Kevin de Bruyne o'z kelajagi haqida qaror qabul qilishi kerak.
33 yoshli pleymeykerning o'yin darajasi pasayganligi sababli, klub bosh murabbiyi Xosep Gvardiola uni tarkibda olib qolmoqchi emas. Klub rahbariyati esa, agar belgiyalik futbolchi jamoada qolsa, yangi shartnoma bo'yicha unga hozirgidan uch baravar kam maosh taklif qilinishini ta'kidlamoqda.
Mirror nashrining xabariga ko‘ra, tajribali futbolchi AQSh va Saudiya Arabistoni klublaridan manfaatli takliflar olganiga qaramay, “Manchester Siti”da qolish istagida.
Manbaga ko‘ra, De Bruynening asosiy maqsadi – 2026 yilgi Jahon chempionatiga yuqori sport formasi bilan yetib borish. Shu sababli u o‘z muhiti va jamoasini o‘zgartirmaslikni afzal ko‘rmoqda.
Shu omillarni hisobga olgan holda, Kevin de Bruyne “shaharliklar”ning yangi shartnoma bo‘yicha talablarini qabul qilishga rozi bo‘ldi. Hatto u Xosep Gvardiola jamoasida ikkinchi darajali rol bajarishga ham tayyorligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar