
Joriy mavsum yakunlangach, yozgi transfer oynasida futbol olamining eng shov-shuvli voqealaridan biri Neymarning “Barselona”ga qaytishi bo‘lishi mumkin.
Avvaliga bu transfer amalga oshmaydi, deb hisoblanardi. Ammo so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, kataloniyaliklar va braziliyalik yulduz o‘rtasidagi dastlabki muzokaralar ijobiy tarzda kechmoqda.
Neymar “Barselona”ga nega qaytishni xohlayapti?
The Athletic nashrining ma’lum qilishicha, 33 yoshli hujumchi “Barselona”ga qaytishdan ikki asosiy maqsadni ko‘zlamoqda:
🔹 2026 yilgi jahon chempionatiga tayyorgarlik – Neymar AQSH, Kanada va Meksikada o‘tadigan mundialga yuqori formada yetib borishni xohlayapti. “Barselona” esa buning uchun eng yaxshi variantlardan biri.
🔹 Yangilangan “Kamp Nou”da o‘ynash – Kataloniyaliklar hozirda o‘z tarixiy stadionini modernizatsiya qilmoqda va Neymar bu maydonda yana bir bor porlamoqchi.
Neymar va “Barselona” – bir-biriga bog‘liq tarix
Braziliyalik yulduz 2013-2017 yillar davomida “Barselona”da ajoyib yillarni o‘tkazgan. U 186 o‘yinda 105 ta gol urgan va 76 ta golli uzatma amalga oshirgan. Bu davr mobaynida u Messi va Suares bilan birga afsonaviy “MSN” triosini yaratgan va klubni Chempionlar Ligasi, La Liga va Ispaniya kubogi g‘olibligiga olib chiqqan.
Hozirda Neymar vaqtinchalik o‘zining tug‘ilgan klubi “Santos” safida o‘ynayapti, ammo uning Kamp Nouga qaytish ehtimoli tobora ortib bormoqda.
Kataloniyada Neymarni qayta ko‘ramizmi?
Hozircha rasmiy e’lon berilmagan bo‘lsa-da, bu transfer futbol olamida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Agar Neymar qaytib kelsa, u “Barselona”ni yangi darajaga olib chiqa oladimi? Bu savolning javobi yaqin orada ma’lum bo‘ladi! “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar