
Ertaga Elit OCHL 1/8 finalidan o‘rin olgan "Paxtakor" – "Al Hilol" uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Saudiya Arabistoni jamoasi Toshkentga bir qator yo‘qotishlar bilan yetib keldi.
"Al Hilol" matbuot xizmatiga ko‘ra, 6 nafar futbolchi ertaga maydonga tushmaydi:
- O‘ng qanot himoyachisi Hamad Al Yami yelkasidan jarohat olgan;
- Qanot himoyachisi Joau Kanselu tizzaosti payini uzib olgani uchun 8 hafta davolanadi;
- Chan qanot himoyachisi Renan Lodi hozircha sport zalida shug‘ullanmoqda;
- Hujumchi Aleksandar Mitrovich jamoa O‘zbekistondan qaytganidan keyin mashg‘ulotlarga qo‘shiladi;
- Markaziy himoyachi Hasan Al Tambakti jarohatdan tiklanishda davom etmoqda;
- Chap qanot himoyachisi Yosir Al Shahroni tiklanish jarayonini davom ettirmoqda, jamoa mashg‘ulotlarining bir qismida qatnashdi.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" – "Al Hilol" bellashuvi ertaga "Jar" stadionida 21:00 da start oladi.
Manba: alhilal.com “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar