06:53 / 08.03.2025
12 337

Husanovning fanatlarimi? To‘rga o‘tkazinglar! Afrikadan kelishipti-ya...

Husanovning fanatlarimi? To‘rga o‘tkazinglar! Afrikadan kelishipti-ya...
Joriy yilning 20 yanvar kuni “Lans”dan Angliyaga ko‘chib kelgan Abduqodir HusanovManchester Siti”ning fevral oyidagi eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi.

Klub rasmiy saytida o‘tkazilgan so‘rovnomada 21 yoshli legionerimiz “Manchester Siti” tarixida rekord darajada ko‘p ovoz to‘plab, Erling Xoland va Yoshko Gvardiolni ortda qoldirdi.

Manchesterlik futbol fanatlari klubning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida Husanovning ilk individual sovrini bilan tabriklab, hamyurtimiz haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirmoqda.

Thank Funds:
Husanovni oy o‘yinchisi bo‘lgani bilan tabriklayman. Abduqodir huddi shunday o‘ynashda davom et...

Jumpkekez Stambuli:
Husanovga Malavidagi muxlislaridan salom va tabrik yo‘llaymiz. Biz seni yaxshi ko‘ramiz.

Eirik Jensen:
Husanov jamoaga aynan kerakli o‘yinchi ekan. Tabriklayman.

Shadrick Muntari Whabyely:
Husanovni haqli g‘alaba bilan tabriklayman. Unga ovoz bergan edim...

Eli Sha:
Husanovga Nyu-Yorkdan salom.

Chidede Michael:
Huddi shunday mehnat qilishda davom et, sen barcha davrlarning eng zo‘r himoyachisi bo‘lishga loyiqsan.

Mbarak Mae:
Husanov zo‘r himoyachi ekan, munosib g‘alaba...

Kon Majok:
Men Abduqodir uchun behad xursandman. Bu darajaga yetgunicha ancha mashaqqatli mehnat qilgani aniq. Endi yo‘lidagi omad va muvaffaqiyatlarni terib yurishi mumkin.

Ishma El Lemsi:
Husanov zo‘r himoyachi. Porlashda davom et, do‘stim!

Gilbert Mumba:
Klubga kelganidan beri zo‘r o‘ynayapti. Sovrin munosib egasini topdi.

Yusuf Tafida Erena:
Husanov “Terminator 45”!

Kevinzone KE:
Abduqodir fantastik o‘yinchi.

Ni Sherif:
Balli Husanov, shunday davom et!

RT Fahriddin:
Munosib sovrin.

Dan Henry:
Husanovga Ramazonga zo‘r sovg‘a bo‘libdi, tabriklayman.

Binomo Trader:
Husanov “Siti”ning Serxio Ramosi!

Amadou Jallow:
“Etixad”da yana bir mustahkam “Devor” paydo bo‘ldi. Husanov, tabriklaymiz...

Abubakar Nuhu Saleh:
Tabriklayman, haqiqatan sovringa munosib o‘yinchi.

Emmanuel Njiru:
Abduqodir sovringa loyiq. Husanov jamoaga yangi havo olib kirdi.

Nkhwachi Zulu:
“Terminator” eng zo‘r o‘yinchi sovriniga loyiq.

LamzyJr Mbewe:
Zo‘r ishlading, 100 foiz sovrin seniki.

Sherdie Murray:
Qanday boshlaganing muhim emas, asosiysi maqsadga yetish!

Titus Ojonago Okpanachi:
Husanov fantastik himoyachi ekan.

Kwanele Mthombeni:
Yangi yulduz...

Moa Nemera:
Husanov mehnat qilishdan to‘xtama, hozir klubimizda eng zo‘ri sensan.

Abubakar Abba Abdullahi Roni:
Ovozim to‘g‘ri yetib boribdi. Husanovni tabriklayman.

Mzwakhe Motsa:
Bu sovrin Husanovning o‘ziga bo‘lgan ishonchini yanada oshiradi.

Tony Tha Foreman:
Men shu futbolchini juda yaxshi ko‘raman. U kuchli, tezkor, yakkakurashlarda yengilmas, harakatchan. Kerakli vaqtda, kerakli joyda paydo bo‘ladi.

Sms Markketplace:
Abduqodirni Afrikadan tabriklaymiz!

Tbt Khofi Medics:
Husanovni “Real”ga qarshi birinchi uchrashuvda ham o‘ynatish kerak edi...

Max McFonsi:
Husanovning sovrin yutgani omad emas. Abduqodir bunga mehnati bilan erishdi. U “o‘zbek arsloni”.

Blu Face:
Keldi, ko‘rdi, tojni kiydi. Husanovga moslashish vaqti kerak bo‘lmadi. Birinchi oydayoq ilk sovriniga ega bo‘ldi. Bu nomni unutmang!

Lorraine Kapondoro:
Tabriklayman, sen buyuk himoyachi bo‘lasan.

Wiz Miki:
Husanov, mehnat qilishdan to‘xtamasang, barcha zamonlarning eng zo‘r himoyachisi bo‘lasan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport