02:49 / 09.03.2025
247

«Inter» «Monza»ni mag‘lub etdi va peshqadamligini mustahkamladi

«Inter» «Monza»ni mag‘lub etdi va peshqadamligini mustahkamladi
Seriya Aning 28-turidan o‘rin olgan «Inter» – «Monza» uchrashuvi juda qizg‘in o‘tdi va 3:2 hisobi bilan milanliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Uchrashuvning 32-daqiqasida Samuele Birindelli «Monza»ni hisobda oldinga olib chiqdi, 44-daqiqada esa Balde Keyta jamoasi uchun ikkinchi golni kiritdi. Biroq «Inter» birinchi bo‘lim oxirida (45+1) Marko Arnautovich orqali javob golini urdi.

Ikkinchi taymda «Inter» ustunlik qildi va 64-daqiqada Hakon Chalhanog‘lu hisobni tenglashtirdi. 77-daqiqada esa Yorgos Kiryakopulos o‘z darvozasiga avtogol kiritib, «Inter»ga muhim g‘alabani ta’minladi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Inter» 61 ochko bilan turnir jadvalida birinchi o‘rinni saqlab qoldi, «Monza» esa 14 ochko bilan oxirgi (20) o‘rinda qolmoqda.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport