
“Manchester Siti” tarkibida jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berishi kutilyapti. Xosep Gvardiola mavsum boshidagi inqirozni yechishni yangi o‘yinchilarni olib kelish bilan hal qilmoqchi.
Yanvarda taklif etilgan to‘rt futbolchi – Abduqodir Husanov, Niko Gonsales, Umar Marmush va Vitor Reys orasida eng muvaffaqiyatli transfer o‘zbekistonlik himoyachi bo‘ldi.
Abduqodir xuddi “Lans”da bo‘lgani kabi “Manchester Siti”da ham himoya yetakchisiga aylanib bormoqda.
“Siti”ga butun dunyo bo‘ylab muxlislik qiladigan fanatlar o‘zbek futbolchisining ishga bo‘lgan jiddiy yondashuvini alohida e’tirof etmoqda.
Jus Ex:
Husanov jamoaning eng jiddiy o‘yinchisiga aylandi.
Edward Hope Njobvu:
Abduqodir Angliyada bor e’tiborini faqat futbol o‘ynashga qaratgan. Hatto uning sevgan qizi ham bo‘lmasa kerak. Ajoyib inson ekan...
Silas Jnr:
Bu o‘yinchi kelishi bilan hammamizning yoqimtoyimizga aylandi.
Argannoo Tufaa:
Jamoamizda faqat shu yigitning “joni” bor.
Êváñs Mulenga:
“Nottingem Forest” maydonida faqat Husanov futbol o‘ynagani kelgan ekan...
Robert Nswana:
Husanov hozir eng yaxshi himoyachi.
Ketai Mapaire Patric:
Abduqodir raqibni to‘xtatish uchun bor imkoniyatini ishga soladi.
Musa Abdullahi:
Husanov bugungi kunda “Siti”da yaxshi o‘ynayotgan yagona futbolchi.
Ketai Mapaire Patric:
Bu yigit “Manchester Siti”ga kelganidan keyin bir necha o‘yin o‘ynadi xolos. Shuning o‘zi Abduqodir yengilmas himoyachi ekanini isbotlashga yetarli bo‘ldi. Zo‘r himoyachi ekan.
Saleem Ahamad:
Husanov – erkak himoyachi!
Pius Stones:
Husanov har doim borini berib o‘ynaydi.
Mathias Vaganay:
Hozir eng zo‘r o‘yinchi mana shu Husanov. Qolganlariga ishonch qolmadi.
Tumza Kilo:
Husanov kelib himoya kuchaydi, endi muammo – hujum!
Cmolley Y Siname:
Husanovning niyati yaxshi va klub uchun qo‘lidan kelganini qilyapti.
King Goddie:
Husanov himoyalanish uchun tug‘ilgan. Maydonni yondiryapti.
John Dixon:
Men Husanov raqib o‘yinini qanday qilib sindirayotganini ko‘rishni yoqtiraman.
Sgubhumantansolo Mpamayesotja:
Husanov Yoshko Gvadiolni qanday qilib, hujumchidan ikki metr orqada qolmaslikka o‘rgatishi kerak. Shunda kerakli ochkoni saqlab qolamiz.
Solomon Isaac:
Husanov omadsiz debyutantdan, “shaharliklar”ning xaloskoriga aylandi. Qadriga yetinglar!

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar