14:47 / 12.03.2025
817

"Liverpul" bosh murabbiyi jamoasi mag‘lubiyatining asosiy sababini aytdi

"Liverpul" bosh murabbiyi jamoasi mag‘lubiyatining asosiy sababini aytdi
"Liverpul" bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasidan PSJga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lib, turnirni tark etganidan so‘ng o‘z fikr bildirdi:

"Bu men ishtirok etgan eng yaxshi futbol o‘yini edi. Ayniqsa, o‘tgan haftadagi o‘yinni hisobga olsak. Biz yaxshi imkoniyatlar yaratdik, lekin kutilmaganda gol o‘tkazib yubordik. O‘tgan haftadan keyin omad bizdan yuz o‘girdi.

Shunday tuyuldiki, biz 0:1 dan ko‘proq narsaga loyiq edik. Mukammal o‘yin o‘tkazdik, faqat gol ura olmadik. Huddi, PSJ o‘tgan haftada mukammal o‘yin namoyish etgani kabi.

Qo‘shimcha daqiqalarda raqib biroz yaxshiroq harakat qildi. Hammasi penaltilarga bog‘liq bo‘ldi. Hozir barcha tushkunlikka tushgan. Ammo men bu futbolchilarni bilaman – ular chidamlidir.

Bu o‘yinda futbol muxlislari istagan barcha narsa bor edi. 90 daqiqadan keyin kamida durangga erishishimiz mumkin edi" – dedi niderlandiyalik mutaxassis.

Arne Slot Manager of Liverpool reacts after the UEFA Champions League 2024/25 UEFA Champions League 2024/25 Round of 16 Second Leg match between...

Ma’lumot o‘rnida, mersesaydliklar dastlabki bahsda PSJ ustidan 1:0 hisobida zafar quchgan edi. Kechagi uchrashuvning asosiy vaqtida 0:1 hisobida mag‘lubiyatga uchrab turib, penaltilar seriyasi 1:4 hisobida imkoniyatni boy berdi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Liverpul" bosh murabbiyi jamoasi mag‘lubiyatining asosiy sababini aytdi