10:09 / 13.03.2025
60

Yana bir bokschimiz "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi

Yana bir bokschimiz "Golden Boy" promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi
Faoliyatini professional boksda davom ettirayotgan o‘zbekistonlik jahon chempioni Ruslan Abdullayev afsonaviy Oskar De La Xoyya boshchiligidagi 'Golden Boy" promouterlik kompaniyasi a’zosiga aylandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

22 yoshli Ruslan prof faoliyati davomida hozircha bitta jang o‘tkazib, g‘alabaga erishgan. U 7 mart kuni Indio shahrida bo‘lib o‘tgan boks oqshomi doirasida Xose Valensuela Alvaradoni nokautga uchratgan edi.

Ma’lumot uchun, "Golden Boy" kompaniyasi bilan Abdullayevdan tashqari yana bir o‘zbekistonlik bokschi — Bektemir Meliqo‘ziyev ham hamkorlik qiladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport