00:37 / 16.03.2025
81

"RB Leyptsig" "Dortmund"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi

"RB Leyptsig" "Dortmund"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi
Germaniya Bundesligasining 26-turida "RB Leyptsig" o‘z maydonida "Borussiya Dortmund" ustidan 2:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvda hisob Xavi Simons tomonidan ochildi – u 17-daqiqada mezbonlarni oldinga olib chiqdi. Ikkinchi bo‘limda esa Luis Openda (48') "Leyptsig"ning g‘alabasini mustahkamladi.

Statistikaga ko‘ra, "Borussiya" raqib darvozasiga 25 ta zarba yo‘lladi, ammo faqat 9 tasi nishonga yo‘llangan bo‘lsa, "Leyptsig" 15 marta urinib ko‘rdi. Mehmonlar to‘pga egalik qilishda 67% ustunlikka ega bo‘lganiga qaramay, vaziyatlardan foydalana olmadi.

Bu g‘alaba orqali "RB Leyptsig" 42 ochko jamg‘arib, 5-o‘ringa ko‘tarildi, "Borussiya" esa 35 ochko bilan 11-o‘rinda qoldi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport