
"Manchester Siti" mutasaddilari asosiy darvozabon Edersonning jamoadan ketishiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Braziliyalik posbonni anchadan beri Saudiya Arabistoni klublari katta maosh va’da qilgan holda Angliyadan olib ketmoqchi.
Shaharliklar Edersonga o‘rinbosar qidirishda davom etmoqda. Ayni paytda "Manchester Siti" rahbariyati Italiyaning "Yuventus" klubi sharafini himoya qilayotgan Mikele Di Gregorioni jamoaga jalb qilish imkoniyatini o‘rganmoqda.
Mikele Di Grigorio – "Siti" uchun munosib variantmi?
27 yoshli italiyalik darvozabon hozirda Italiya futbolidagi eng ishonchli posbonlardan biri hisoblanadi. 2023–2024 yilgi mavsumda "Monsa" klubi tarkibida juda muvaffaqiyatli o‘ynab, liganing eng yaxshi darvozaboni deb topilgan. Ushbu yuqori saviyali o‘yini tufayli "Yuventus" uni transfer qildi.
Joriy mavsumda Di Grigorio 27 ta uchrashuvda maydonga tushib, shulardan 12 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qolishga muvaffaq bo‘ldi. Uning amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha davom etadi.
Gvardiolaning ishonchi va "Siti"ning kelajakdagi rejalari
Xosep Gvardiola Di Gregorioning barqaror o‘yinini yuqori baholaydi. Uning reaksiyasi, pozitsiyada to‘g‘ri turishi va past to‘plarga ishlashi murabbiylar shtabi uchun katta ahamiyat kasb etadi. "Siti"ning himoya tizimi kuchli va unga moslashgan ishonchli darvozabon muhim rol o‘ynaydi.
Agar Ederson haqiqatdan ham klubni tark etsa, "Manchester Siti" Di Grigorioni asosiy darvozabon sifatida jamoaga jalb qilishi mumkin. Bu transfer Gvardiolaning yangi mavsumdagi strategiyasi va himoya chizig‘ini mustahkamlash maqsadida amalga oshiriladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar