17:50 / 17.03.2025
112

Chavandozlar ot ustida bellashdi

Chavandozlar ot ustida bellashdi
Poytaxtimizning Chilonzor tumanida joylashgan "Markaziy ippodrom" hududida tuman hokimligi, Milliy gvardiya, O‘zbekiston Polo federatsiyasi va Ayollar polo ligasi hamkorligida ot sportining polo turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.

Musobaqada Milliy gvardiya Toshkent shahar va Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmalari, Chavandozlar maktablari hamda Jamoat xavfsizligi universiteti, shuningdek ayollar jamoalari bellashdi.

Unda bosh sovrin Toshkent shahar Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi polochilariga nasib etgan bo‘lsa, Milliy gvardiya Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi ikkinchi, Jamoat xavfsizligi universiteti polochilari uchinchi o‘rindan joy oldi.

Ilk bor Ayollar polo ligasiga kiruvchi qizlar jamoalari bahsida “Chilonzor polo klubi“ birinchi bo‘ldi.

– Bu kabi musobaqalarni tashkil etishdan asosiy maqsad milliy an’analarimizni o‘z ichiga olgan polo sport turini yoshlarimiz o‘rtasida yanada ommalashtirishdir, – deydi Chilonzor tumani hokimi Saidkahhor Xolxo‘jayev. – Mazkur musobaqa Toshkent shahar Nuroniy jamg‘armasi tashabbusi bilan o‘tkazildi. Unda har bir jamoa, ayniqsa, qizlar jamoalari g‘oliblik uchun bor-kuch g‘ayratlari bilan kurashdi. Bu kabi musobaqalar nafaqat tumanimiz, balki shahar va mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport