
O‘zbekiston terma jamoasi yig‘iniga kelib qo‘shilgan Otabek Shukurov JCH-2026 saralashidagi keyingi o‘yinlar haqida fikr bildirdi.
"Ikita muhim o‘yin qoldi. Hamma yig‘inga sog‘-salomat kelishni istaymiz. Kayfiyat a’lo. Hammaga ochko kerak, shu sababli Qirg‘iziston bilan oson o‘yin bo‘ladi deb o‘ylamayman. Har bir ochko bizni mundialga yaqinlashtiradi. Xudo xohlasa, g‘alaba qozonib Eronga uchib ketamiz.
Imkoniyat o‘z qo‘limizda va undan foydalanishimiz kerak. Timur Kapadze terma jamoa uchun begona odam emas. Timur aka Katanetsdan boshqa hammani saqlab qolgan va katta o‘zgarish bo‘ladi deb o‘ylamayman" - dedi Otabek Shukurov. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar