date
views 40 069

Abduqodir Husanov jurnalistlarga qisqacha intervyu berdi (video)

Abduqodir Husanov jurnalistlarga qisqacha intervyu berdi (video)
Abduqodir Husanov, kecha Toshkentga yetib kelib, terma jamoa bilan mashg‘ulotlarga kirishdi. Bugun jurnalistlar mashg‘ulot jarayonida uning oldiga borib, «Vatanni, terma jamoani sog‘ingan bo‘lsangiz kerak?» deb savol berishdi.

Abduqodir bir oz o‘ylanib turib, «Yo‘q-ey, qiyin ekan bu...» deb javob berib, o‘zini olib qochdi. Keyin jurnalistlar uni yana chaqirib, boshqa savol berishdi.

Abduqodir javob sifatida «Assalomu alaykum, avvalo, barchaga. Tayyorgarliklar yaxshi. Xudo xohlasa, o‘yinga tayyormiz. Qirg‘izistonni, inshoAlloh, yutamiz! Qo‘llab-quvvatlashingizni xohlaymiz. Sizlar bilan osonroq bo‘ladi», deb aytib, maqsadiga ishonch bildirdi.

Uning yuz ifodasi va munosabati mashg‘ulotlar davomida va intervyuda shunchaki sho‘xlik va xursandchilik bilan birga bo‘lganini ko‘rsatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Abduqodir Husanov jurnalistlarga qisqacha intervyu berdi (video)