
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Bornmut"ga qarshi uchrashuvdan avval matbuot anjumanida ishtirok etib, milliy terma jamoamiz safida harakat qilib, Angliyaga yetib borgan hamyurtimiz haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu qadar ko‘p o‘yin o‘tkazishi kutilmagan edi, ammo butun mavsum davomida orqa chiziqda yuzaga kelgan vaziyat uni ko‘plab o‘yinlarda maydonga tushishiga majbur qildi.
U alohida sifatlarga ega, bu aniq. Haqiqatdan ham juda o‘ziga xos qobiliyatlarga egaligini ta’kidlash joiz. Husanov juda tezkor, o‘yinga ishtiyoq bilan yondashadi. Ba’zan uning yuz ifodasi va tana harakati buni ko‘rsatmasa ham, harakatlarida ishtiyoq seziladi.
Qisqa vaqt ichida, mashg‘ulotlarsiz va ko‘plab boshqa jihatlarga qaramay, Abduqodir bizga katta yordam berdi! Xuddi shu narsa Vitor Reysga ham tegishli. U avvalgi bosqichda (Angliya Kubogi) o‘ynadi va o‘zini juda yaxshi tutdi.
Ular juda yosh, mavsum o‘rtasida yangi jamoa, yangi liga va yangi muhitga moslashish oson emas. Ammo ular haqiqatdan ham yaxshi, fikrlashlari ijobiy va jismoniy holati ham ajoyib.
- Abduqodirning til bilish darajasi bo‘yicha nimalar deysiz?
- Biz o‘zbekistonlik futbolchiga mashq qilish va ko‘proq intilishni tavsiya qilamiz, chunki muloqot qilish juda muhim", - deya ta’rif berib o‘tdi ispaniyalik mutaxassis.
Ma’lumot o‘rnida, "shaharliklar" Angliya kubogining navbatdagi bosqichida "Bornmut" bilan kuch sinashadi. Mazkur bellashuv 30 mart kuni Toshkent vaqti bilan 20:30 da start olishi rejalashtirilgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar