19:53 / 28.03.2025
81 939

Eron terma jamoasi "JCH-2026"da qatnashmasligi mumkin!

Eron terma jamoasi "JCH-2026"da qatnashmasligi mumkin!
Xabaringiz bor, 2026 yilgi Jahon Chempionati AQSH, Meksika va Kanada yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadi. Ushbu turnirda 48 terma jamoa ishtirok etadi.

"JCH-2026" saralashi doirasidagi Eron - O‘zbekiston bahsidagi 2:2 hisobidagi durang orqali Amir Ardasher G‘alenoyi shogirdlari Jahon chempionati yo‘llanmasini naqd qildi.

Biroq forslar ushbu musobaqada qatnasha olmasligi mumkin. "New York Times" va "Guardian" nashrlarining xabar berishicha, AQSH prezidenti Donald Tramp o‘zi uchun do‘stona bo‘lmagan 43 ta davlat ro‘yxatini tuzgan va ular orasida Eron ham bor. Mazkur mamlakatlar fuqarolarining Qo‘shma Shtatlarga kirishini ta’qiqlash masalasi ko‘rib chiqilmoqda.

"Bunday holatda eronlik futbolchilar Amerika Qo‘shma Shtatlariga kira olmaydi, ya’ni ular jahon chempionatini o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ladi", - deb yozadi "New York Times".

Eslatib o‘tamiz, Timur Kapadze boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi navbatdagi bellashuvni BAAga qarshi o‘tkazadi. Durang yoki g‘alaba bizni Jahon chempionatiga olib chiqadi. Agar mag‘lub bo‘lsak, o‘z uyimizda Qatarni yutishimiz shart bo‘ladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport