20:26 / 28.03.2025
60 696

Abduqodir Husanovning jamoasiga "avliyo" keladi!

Abduqodir Husanovning jamoasiga "avliyo" keladi!
Manchester Siti” tarkibni yangilash jarayonida asosiy e’tiborni jamoada bir necha yil o‘ynashi mumkin bo‘lgan iste’dodli yoshlarni olishga qaratmoqda.

“Shaharliklar”ga Angliya futbolining yangi avlod vakillaridan Tayler Diblingning harakatlari juda ma’qul keldi. "Sautgempton”ning 19 yoshli hujumkor futbolchisi Angiya yoshlar terma jamoasi safida ham muvaffaqiyatli o‘ynayapti.

The Telegraph nashrining ma’lum qilishicha, manchesterliklar Diblingni yozgi transferlar davrida o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirgan.

“Avliyolar” o‘z tarbiyalanuvchisini qo‘yib yuborishga qarshi emas. Dibling bir necha klublar nishonida turganini inobatga olgan “Sautgempton” bu transferdan mo‘may daromad ishlab olmoqchi.

Ana shu maqsadda, klub o‘yini ochilib borayotgan Diblingni 118 million yevrodan kamiga qo‘yib yubormasligini bildirgan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport