
Rossiya Premyer-Ligasining 22-turida Moskva shahri vakili CSKA o‘z maydonida "Dinamo Maxachqala" ustidan 2:0 hisobida g‘alaba qozondi. Gollarni Moyzes Barbosa (32') va Rifat Jemaaletdinov (80') kiritdi.
CSKA o‘yin davomida to‘liq ustunlik qildi: to‘pga egalik 65%, jami 15 zarba, shundan 8 tasi darvozaga to‘g‘ri keldi. Mehmonlar esa bor-yo‘g‘i 3 marta zarba yo‘llab, faqat bittasi nishonga tegdi.
Ushbu g‘alaba CSKAga 41 ochko bilan 5-o‘ringa ko‘tarilish imkonini berdi. "Dinamo Maxachqala" esa 21 ochko bilan 12-o‘rinda qolmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar