19 839
CSKA faxriysi Fayzullayevni tanqid qildi va uni yoshlar bilan almashtirishni taklif etdi

CSKA jamoasi va SSSR terma jamoasining sobiq himoyachisi Vladimir Ponomaryov football24.ru nashriga bergan intervyusida armiyachilar yarim himoyachisi Abbosbek Fayzullayevning jismoniy holati va o‘yinini keskin tanqid qildi, deb kursiv.media xabar berdi.
Ponomaryovning fikricha, o‘zbekistonlik futbolchi so‘nggi paytlarda o‘yin sifatini yo‘qotgan, jismoniy holati pasaygan va ortiqcha yuklama sabab charchagan bo‘lishi mumkin. Unga ko‘ra, Fayzullayevda dribling bor, ammo u ko‘proq harakat qilishi, jismoniy jihatdan kuchayishi lozim.
“Fayzullayevning statistikasi ham zaif. Ehtimol, u charchagan – milliy jamoa safida ko‘p o‘ynayapti. U maydonni ko‘ra oladi, pas bera oladi, lekin ortiqcha ekspluatatsiya qilish kerak emas. Jismoniy holatini oshirish kerak”, — dedi Ponomaryov.
Shuningdek, u futbolchini sotish imkoniyatini ham ma’qulladi: “Agar uni sotsak, bu katta yo‘qotish emas. Bizda o‘z yoshlarimiz – Kislyak, Glebov kabi futbolchilar bor”, — deya qo‘shimcha qildi u.
Ma’lumot o‘rnida, Vladimir Ponomaryov CSKA safida 120 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 gol urgan, SSSR terma jamoasi safida esa 25 ta o‘yin o‘tkazgan. U 29 yoshida jarohat sabab futboldan ketgan.
Abbosbek Fayzullayev esa CSKAga 2023 yil avgustda kelgan bo‘lib, 42 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol va 10 ta golli pas muallifi bo‘lgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar