
Italiya A Seriyasining 31-turidan o‘rin olgan bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu turda "Roma" o‘z uyida Turinning "Yuventus" klubini qabul qilib, 1:1 hisobidagi durangga imzo chekdi. Rimliklarning yagona golini zahiradan maydonga tushgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Milliy terma jamoamiz sardori ikkinchi bo‘limning avvalida Mats Xummels o‘rniga maydonga tushib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgan edi.
Uning bugungi o‘yindagi harakatlarini bir nechta mashhur portallar turlicha baholashdi. Jumladan:
Sofascore sayti hamyurtimizning turinliklarga qarshi bahsini 7.2 ballga loyiq ko‘rgan bo‘lsa, Fotmob portali futbolchimizga 7.3 ball qo‘ydi. Bundan tashqari, Flashscore nashri esa hujumchimizning harakatlarini 7.4 ball deya baholadi.
Eslatib o‘tamiz, "Roma" navbatdagi uchrashuvini "Latsio"ga qarshi o‘tkazadi. Ushbu bellashuv esa 13 aprel kuni Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar