date
views 32 136

Anchelotti “Real”ning sharmandali mag‘lubiyatiga kim aybdorligini aytdi

Anchelotti “Real”ning sharmandali mag‘lubiyatiga kim aybdorligini aytdi
Yevropa Chempionlar ligasining chorak finali birinchi uchrashuvida “Arsenal” o‘z muxlislari ko‘z o‘ngida musobaqaning amaldagi g‘olibi “Real”ni 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Deklan Raysning jarima zarbalaridan ikkita va Mikel Merinoning bitta aniq zarbasi “kanonirlar”ning keyingi bosqichga chiqish imkoniyatini keskin oshirdi.

Bellashuvdan keyin madridliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti mag‘lubiyatdagi aybni o‘z bo‘yniga oldi.

- Bu uchrashuvda ro‘y bergan voqealarga javobgar ekanimni his qilib turibman. Bu borada hech qanday shubha yo‘q, - dedi "Real"ning mag‘lubiyatidan keyin Karlo Anchelotti.

“Real”ning “Arsenal” bilan bo‘ladigan javob uchrashuvi 16 aprel kuni Madriddagi “Santyago Bernabeu” arenasida bo‘lib o‘tadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport