date
views 8 909

"Real" o‘yinchilarining maoshlari ma’lum bo‘ldi. Eng yuqori maosh kimga tegishli?

"Real" o‘yinchilarining maoshlari ma’lum bo‘ldi. Eng yuqori maosh kimga tegishli?
Britaniyaning mashhur GiveMeSport nashri “Real Madrid” futbolchilari olayotgan haftalik maoshlar bo‘yicha reytingni e’lon qildi. Manba ma’lumotlarga soliqdan oldinmi yoki keyin ekanligini aniqlashtirmagan bo‘lsa-da, raqamlar jamoa ichidagi moliyaviy farqni yaqqol ko‘rsatmoqda.

Jamoadagi eng yuqori maosh Fransiya yulduzi Kilian Mbappega tegishli — u haftasiga 502 088 funt sterling oladi. Undan keyingi o‘rinda Vinisius Junior — uning daromadi 344 735 funt etib ko‘rsatilgan.

Yarim himoya chizig‘ida esa eng qimmat o‘yinchi — Jud Bellingem. U ham 344 735 funt haftalik maosh oladi. Himoyachilar orasida esa David Alaba yetakchilik qilmoqda — u haftasiga 372 373 funt ishlab topadi.

Darvozabonlar orasida Tibo Kurtuaning maoshi 248 249 funt, ammo uning zaxiradagi o‘rnini egallayotgan Andrey Lunin deyarli 5 barobar kam — 46 505 funt maosh oladi.

Ma’lumotlar jamoa ichida maoshlar taqsimotidagi katta tafovutni ko‘rsatmoqda. Bu esa transferlar, faoliyat davomidagi rol va marketing qiymatining qay darajada ahamiyatli ekanini ko‘rsatadi.



Manba: GiveMeSport
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » "Real" o‘yinchilarining maoshlari ma’lum bo‘ldi. Eng yuqori maosh kimga tegishli?