Rossiya chempionatining 14-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Krasnodar» Ekaterinburgning «Ural» jamoasini o‘z uyida qabul qilib yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning dastlabki bo‘limida mezbonlar raqib darvozasiga yo‘l topa olishmadi. Ikkinchi bo‘limda jamoaning asosiy futbolchilari Fyodor Smolov va Odil Ahmedovlar zaxiradan maydonga tushirilgach, Igor Shalimov shogirdlari 8 daqiqa ichida uch bor raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi va yirik hisobda g‘alaba qozondi.
Mezbonlar tomonidan kiritilgan golga O‘zbekiston terma jamoasi sardori hammualliflik qildi. Ahmedov birgina to‘p uzatish bilan Joaozinoni darvozabon bilan birga-bir vaziyatga olib chiqdi va braziliyalik futbolchi bu imkoniyatdan unumli foydalanib yirik hisobni ta’minladi.
Ushbu g‘alabadan keyin «Krasnodar» hisobidagi ochkolar soni 24 taga etdi va jamoa 5-o‘ringa muqim joylashib oldi. Peshqadam «Spartak» bilan oradagi farq 7 ochkoni tashkil qilmoqda. Biroq «Spartak» 14-tur o‘yinini endi o‘tkazadi va oradagi farq yana oshishi mumkin.
Rossiya chempionati 14-tur
Krasnodar – Ural 3:0 (0:0)
Gollar: Gazinskiy (66), Smolov (71), Joaozino (74).
Krasnodar: Krisyuk, Naldo, Endjeychik, Kaleshin, Grankvist, Gazinskiy, Kabore, Bistrov (Odil Ahmedov, 61), Pereyra (Torbinskiy, 81), Joaozino, Ari (Smolov, 46).
Ural: Zabolotnыy, Dinga, Fontanello, Dansev, Fidler, Podoksenov (Stavpes, 72), Chanturiya, Kulakov, Korobov (Pavlenko, 61), Lungu (Bugui, 86), Pavlyuchenko.
Manba: tribuna.uz “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskvadagi terakt bo‘yicha yana uch kishi ushlandi
Erdo‘g‘on terrorchilar haqida keskin gapirdi
Rossiyalik tergovchilar teraktda ayblanayotganlar oilasini so‘roq qilish uchun Tojikistonga keldi
Suvni tik turgan holda ichish mumkin emasligi ilmiy jihatdan isbotlandi
Rossiya qo‘shinlari Avdeyevkadagi ikkita qishloqni egallab oldi
Qahva va saraton: olimlardan zo‘r yangilik!
Emmanuel Makron: “Ukraina tez orada qulashi mumkin”
Rossiyaning harbiy operatsiyadagi manyovri Ukrainani hayratga soldi